Huawei 1
Birjada fermerlar uchun dizel narxining o‘sishi cheklandi

Birjada fermerlar uchun dizel narxining o‘sishi cheklandi. Bu haqda Raqobat qo'mitasi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, raqobat qo‘mitasi tomonidan ekin mavsumida dizel yoqilg‘isi narxining barqarorligini taʼminlash maqsadida 2025-yil 26-fevraldan boshlab  birjada tashkil etilgan alohida savdo seksiyasida fermer xo‘jaliklari tomonidan kichik lotlarda sotib olinadigan dizel yoqilg‘isi narxini uning birja savdosida boshlang‘ich narxiga nisbatan o‘sish chegarasini eng ko‘pi bilan 5 foizgacha etib belgilandi va bu yuzasidan Respublika tovar xom-ashyo birjasiga ko‘rsatma yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41713 | Инструменты