Huawei 1
Birjada shakar, ko'mir va paxta lintining narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 7 – 13 fevral kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 303,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 16,4% ga ko‘pdir. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, sotuvlarning 88,6% - birja savdolari; 0,1% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 10,9% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 041,6 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 16 391,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 11 231,0 tonnasi, ya’ni 68,5% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 66 xaridor ishtirok etdi. Ta'kidlanishicha, ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 8 170,2 ming so‘mdan 8 118,4 ming so‘mgacha, ya’ni 0,6% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 8 196,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Ko‘mir

O‘tgan haftada birja savdolarida 15 658,0 tonna ko‘mir qo‘yildi va ulardan 10 259,0 tonnasi, ya’ni 65,5% qismi sotildi. Ko‘mirning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 052,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘mir bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 228,1 ming so‘mdan 224,7 ming so‘mgacha pasaydi.

Paxta linti

O‘tgan haftada birja savdolarida 2 048,0 tonna paxta linti sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 410,0 tonnani tashkil qildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda paxta lintining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 516,9 ming so‘mdan 3 500,7 ming so‘mgacha, ya’ni 22,5% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты