Huawei 1
Birjada sotilgan paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘m miqdorida subsidiya beriladi

Vazirlar Mahkamasining "Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-yil hosili yig‘im-terim davrida jahon bozoridagi paxta tolasining shakllangan fyuchers kotirovkalari bo‘yicha paxta xomashyosining boshlang‘ich fyuchers narxlari bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘m atrofida shakllanayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasida 2024-yil hosilidan birinchi nav ikkinchi sinf bir tonna paxta xomashyosining boshlang‘ich fyuchers narxi, jahon bozoridagi paxta tolasi kotirovkalaridan kelib chiqib, 7 mln 800 ming so‘m miqdorida e’lon qilingan.

Hukumat jahon bozorida paxta tolasining narxi keskin pasayishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatda paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

- paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisob-faktura asosida) bir tonna paxta xomashyosi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.

- 2024-yil uchun paxta yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birja savdolarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv tuziladi. Bunda paxta xomashyosining sotish narxi 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.

- 2024-yil hosilidan fyuchers shartnomalaridan tashqari paxta xomashyosini birja savdolariga chiqarishda uning boshlang‘ich narxini bir tonnasi uchun 6 mln 800 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorida e’lon qilish talab etiladi.

- 2024-yilda barcha hududlarda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish xizmati bahosining 20 foizi, biroq 250 ming so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jamg‘arma hamda Markaziy bankning 2024-yil hosili paxta yig‘im-terimini qisqa muddatlarda tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 452-son qaroriga asosan, sog‘lomlashtirilayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlari bilan 2024-yil hosili bo‘yicha shartnoma (fyuchers, spot va vaqtincha saqlashda) tuzgan fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, o‘z yer maydonlarida paxta xomashyosi yetishtirgan paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish uchun Jamg‘arma resurslari hisobidan imtiyozli kreditlar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Bunda imtiyozli kreditlar elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta xomashyosi uchun - 10 oy muddatga, yillik 10 foiz stavkada (2 foiz bank marjasi) paxta qiymatining 20 foizi miqdorida 3 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 7 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100319 | Инструменты