Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari hamda eng chekka janubidan tashqarida dushanba kechga tomon, seshanba kunduzi esa respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Dushanba kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari hamda eng chekka janubidan tashqarida dushanba kechga tomon, seshanba kunduzi esa respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Keyinchalik ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 26-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 26-noyabrda kechqurun va 27-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi.
Harorat foni beqaror bo‘ladi, harorat kunduz kunlari +22…+27 darajadan +10…+15 darajagacha o‘zgarib turadi. Harorat asosan kechalari +8…+13 daraja bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 23-noyabrda ba’zi joylarda ba’zida 20−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 24-noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanba kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +24…+26 daraja bo‘ladi, 24-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi harorat +15…+17 darajagacha pasayadi.
25−27-noyabrda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat 26-noyabrda kechqurun va 27-noyabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 25−26-noyabrda +19…+24 daraja bo‘ladi, 27-noyabrda +10…+15 darajagacha pasayadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112315 | Инструменты