Huawei 1
Oybek Tursunov “Kapitalbank”ning affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi, tadbirkor Tursunov Oybek Botirovich “Kapitalbank” ATBning affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi. Uning o‘rniga Rossiyaning “Telekominvest” MChJ (Alisher Usmonovning “USM Holding Company” MChJ sho‘ba korxonasi) va “Korus” AJ kompaniyalari ro‘yxatga kiritildi. Bu haqda Yagona korporativ axborot portalida keltirilgan.

Bank tomonidan e’lon qilingan moddiy faktga asosan, “Telekominvest” MChJ hozirda bankning eng yirik aksiyadori hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil oktabr oyi oxirida Oybek Tursunov birjadan tashqari bozorda aksiyalarning 34,1 foizini sotib olib, bank ustav kapitalidagi ulushini 50 foizga oshirgan edi. Ammo bankning “Telekominvest” bilan kelishuvidan so‘ng Tursunovning aksiyalari 41,6 foizga tushdi.

2021-yil noyabr oyi oʻrtalarida “Telecominvest” bankning 65,97 million dona aksiyasini 215,3 milliard soʻmga sotib oldi, bu ustav kapitalining 16,7 foizini tashkil etdi. 10-yanvar kuni esa Telecominvest Kapitalbankning navbatdagi ulushini sotib oldi va shu tariqa o‘z ulushini 25 foizga oshirdi.

Birjada 2022-yilning 6-yanvaridan 18-yanvariga qadar “Kapitalbank” aksiyalar paketlari bilan 975,46 milliard so‘mlik 9 ta bitim ro‘yxatga olingan (har bir bitimda 32,98 million dona aksiya yoki bank ustav kapitalining 8,33 foizi).

2022-yil 21-yanvarda Moliya vazirligi tomonidan “Kapitalbank”ning umumiy qiymati 31,3 milliard so‘mlik 950 so‘mlik 32,98 million dona oddiy aksiyalari qo‘shimcha chiqarilishi ro‘yxatga olindi. Bank Kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra, aksiyalar xususiy joylashtiriladi.

Hozirgi kunda ATB “Kapitalbank” Oʻzbekistondagi eng yirik xususiy tijorat banklaridan biri hisoblanadi. Joriy yilda bank O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasining birinchi market-meykeri bo‘ldi. Bundan tashqari, bankning muhim yutug'i O'zbekiston Respublikasida birinchi raqamli bank "BANK APELSIN" AJ sho'ba korxonasi bilan bank guruhining tashkil etilishi bo'ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91201 | Инструменты