Huawei 1
UZEXning davlat xaridlari tizimida komplayens nazorat xizmati joriy etildi

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining xarid.uzex.uz elektron tizimida davlat buyurtmachisi uchun korrupsiyaga qarshi ichki nazorat “komplayens” vakilini qo‘shish imkoni yaratildi.

Buning uchun, davlat buyurtmachisi shaxsiy kabinetining “Sozlamalar” qismida “Komplayens” bo‘limi orqali masʼul xodim haqida to‘liq maʼlumotlarni kiritgan holda “rol” qo‘shadi.

O‘z navbatida, davlat buyurtmachisi tomonidan qo‘shilgan komplayens bo‘limining masʼul xodimi o‘ziga tegishli elektron raqamli imzo (ERI) kalitidan foydalangan holda xarid.uzex.uz tizimidagi “Hisobotlar” bo‘limi orqali davlat buyurtmachisining barcha xarid turlari bo‘yicha maʼlumotlarni yuklab olish va ularni o‘z vaqtida nazorat qilish imkoniyatidan foydalanadi.

Mazkur xizmatning joriy etilishi davlat buyurtmachilari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratib, tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat faoliyatini samaradorligini oshiradi, xaridlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash ustidan nazorat o‘rnatishni kuchaytiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты