Huawei 1
1-dekabr holatiga ko'ra O‘zbekiston banklarida fuqarolarning 216,5 trillion so‘mlik omonatlari borligi ma’lum bo'ldi

O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarning banklardagi omonatlari hajmi 1-dekabr holatiga ko‘ra, 216,5 trillion so‘mni tashkil etdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston banklaridagi depozitlar hajmi rekord o‘rnatdi. Muddatli omonatlarning o‘rtacha daromadliligi pasayganiga qaramay, banklardagi jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlarining umumiy miqdori oktabr oyidagi pasayishdan keyin noyabr oyida oshdi. Xususan, oy davomida banklardagi depozit hajmi 4,8 foizga oshib, 216,5 trillion so‘mni tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, jismoniy shaxslarning omonatlari noyabr oyi davomida 56,2 trillion so‘mdan 57,8 trillion so‘mga (+2,8 foiz) oshdi. 

Shuningdek, yuridik shaxslar uchun o‘sish 150,33 trillion so‘mdan 158,8 trillion so‘mgacha ko‘tarilgan (+5,6 foiz) ni tashkil etdi.

Bundan tashqari banklar tomonidan ajratilgan kredit miqdori 2022-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, 382 trillion so‘mni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit miqdori 97 so‘mni trillion trillion so‘mni, yuridik shaxslarga ajratilgan kreditar miqdori esa 284 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston banklarining sof foydasi 8 trln so‘mdan oshgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42604 | Инструменты