Huawei 1
“2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilindi

Bugun, 19-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Unda deputatlar “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini  ko‘rib chiqishdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Moliya vaziri ma’ruza qildi.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi va Budjetnomada yalpi ichki mahsulotning o‘sish surati 5,3% miqdorda bo‘lishi nazarda tutilmoqda. 

Xususan, sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,1%, qurilish 6%, qishloq xo‘jaligi 3,5%, xizmatlar sohasi 6,7% ga ortishi kutilmoqda. 

Shuningdek, 2023-yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 1068 trillion so‘mni, Davlat budjeti daromadlari 232,1 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,7% darajasida bo‘lishi kutilmoqda.

Shu bilan birga 2023-yildan konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3% dan oshmasligi belgilanmoqda.

Davlat budjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga) 257,7 trillion so‘mni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1% yoki bu yil kutilayotgan ijroga nisbatan 18,9 trln so‘mga ortishi prognoz qilinmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Qonunchilik palatasi vazirlik va idoralar uchun ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish yuzasidan davriy hisobotlarini eshitib borish tartibini joriy qilish nazarda tutilmoqda.

Qizg‘in bahs-munozara va savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81623 | Инструменты