Huawei 2
2023-yilda Uzcard va Humo orqali pul o‘tkazmalari hajmi ikki barobarga oshdi

O‘tgan yili Uzcard va Humo milliy to‘lov tizimlari orqali jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari hajmi ikki barobarga oshdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida keltirilgan.

2023-yilda Markaziy bankning tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 78%ga oshib, 31,4 mlntani tashkil etdi. Yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘tkazmalar hajmi uchdan birga oshib, 603,8 trln so‘mni tashkil etdi.

humo, markaziy bank, pul o'tkazmalari, to'lov tizimlari

Fuqarolar o‘rtasidagi p2p o‘tkazmalari hajmi 224,3 trln so‘mni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 80,8 mlrd so‘mga yoki 56%ga ko‘pdir. Barcha kartadan kartaga pul o‘tkazmalarining 65,7%i “Uzcard” to‘lov tizimi, qolgan 34,4%i esa “Humo” hissasiga to‘g‘ri keladi.

Moliya vazirligi G‘aznachilikka o‘tkazilgan budjet to‘lovlari miqdorini uch barobarga — 64,2 trln so‘mga oshirdi, bu 2023-yilda budjet defitsitining deyarli ikki baravarga oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Hisob-kitoblar kliring tizimi orqali to‘lovlar 30%ga oshib, 78 trln so‘mni tashkil etdi. Barcha operatsiyalarning qariyb yarmi “UzAuto Motors” tomonidan amalga oshirilgan. 

Bundan tashqari, tadbirkorlarga taqdim etilgan QR-kodlar soni biroz ortib, o‘tgan yili tranzaksiyalar summasi qariyb 2,5 barobarga — 137 mlrd so‘mdan 337 mlrd so‘mga oshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga