Huawei 2
"Markaziy bankka islomiy bank ochish bo‘yicha murojaat kelib tushmagan" - Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bankka islomiy bank ochish bo‘yicha murojaatlar bo‘lmagan. Bu haqda 25-yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida regulyator raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi

“Islomiy moliya bo‘yicha bizga hali murojaat bo‘lgani yo‘q. Davlat rahbarining tegishli topshiriqlari bilan Markaziy bank hamda hukumat tomonidan qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha tegishli qaror loyihasini hukumatga kiritganmiz”, — dedi Markaziy bank raisi.

Mamarizo Nurmuratov islomiy moliya bo‘yicha qumdon tashkil qilinib, bu boradagi ishlarni boshlash kutilayotganini qayd etdi. Ya’ni bu orqali islom moliyasi bo‘yicha ma’lum bir fuqarolar uchun sharoit yaratish belgilangan.

Shuningdek, Markaziy bank raisi islom moliyasining iqtisodiy o‘sishga qanchalik ta’siri bo‘lishi borasida ham fikrini bildirdi.

“Albatta, buning bevosita bo‘lmasa ham, bilvosita ta’siri bo‘ladi. Chunki, islom moliyasi orqali xarid qilingan yoki ko‘rsatilgan xizmat oxir-oqibatda qo‘shilgan qiymat bilan YaIMga o‘z hissasini qo‘shadi. Bundan faqat ijobiy [natijalar] kutish mumkin”, — dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga