“ANOR BANK” Hilton Tashkent City mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan "Tashkent Digital Marketing Forum 2023" xalqaro marketing forumining bosh hamkori bo‘ldi.
Forum Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Marketing assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan. Forumning asosiy maqsadlari raqamli xizmatlar sohasida raqobatni rivojlantirish, bozorning barcha ishtirokchilariga teng imkoniyatlar yaratish va tadbirkorlarning o‘z biznesini rivojlantirishga yordam beradigan samarali vositalardan xabardorligini oshirishdan iborat.
Raqamli sohani rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bu bank sektoridir. Raqamli bankingni jadal rivojlantirish prezidentning tegishli qarori imzolanganidan so‘ng mumkin bo‘ldi va bu O‘zbekistonda raqamli banklarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. ANOR BANK O‘zbekistondagi birinchi milliy raqamli bank bo‘ldi.
Ikki yil ichida ANOR BANK kompaniyalar va firmalar hamda jismoniy shaxslar orasida juda katta mijozlar bazasini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Ayni paytda jalb qilingan aktivlar hajmi 3,5 trln. so'mni, umumiy kredit portfeli esa 2,1 trln. so'mni tashkil etmoqda.
Bank mijozlari soni 6500 ta yuridik shaxs boʻlib, ularning omonatlari 2,8 trln. so'mni tashkil etadi. Individual mijozlar soni esa 1 million kishiga yetgan. Jami omonatlar hajmining o‘sishi 248 foizni, yakka tartibdagi omonatchilar sonining o‘sishi esa 113 foizni tashkil etdi.
O‘tgan 2022-yilning o‘zida plastik kartochkalar emissiyasi 1 milliondan ortiqni, Play Marketda ANOR BANK ilovasini yuklab olishlar soni esa 5 milliondan oshdi. 2022-yilda ANOR BANK ilovasida 16 milliondan ortiq tranzaksiya amalga oshirildi.
ANOR BANK mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib bank mijozi bo‘lish, onlayn karta yoki kredit olish imkonini beruvchi masofaviy identifikatsiyani joriy qildi.
“ANOR BANK birinchilardan bo‘lib onlayn mikrokreditni joriy qildi, buning natijasida bankka tashrif buyurish, ishdan ketish, tasdiqlashni kutish uchun qo‘shimcha vaqt sarflashning hojati qolmadi. Barcha turdagi onlayn mikrokreditlar bo‘yicha murojaatlar soni 2 millionga yaqinni tashkil etdi. Iste'molchini o'rganib chiqib, bank bozorga o'sha paytda noyob bo'lgan, mijoz nuqtai nazaridan har tomonlama jozibador bo'lgan omonatni chiqardi: stavka, muddat, yechib olish va istalgan vaqtda oshirish mumkin”, - deya ta'kidladi bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Elyor Nadjimitdinov.
"Tashkent Digital Marketing Forum"ning ikkinchi kunida eng muvaffaqiyatli brendlar, agentliklar va blogerlar uchun bir necha o‘nlab nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlar topshirildi. ANOR BANK “2022-yilda eng tez rivojlanayotgan raqamli bank” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Mukofotni “ANOR BANK” boshqaruv raisi Sherzod Akramov qabul qilib oldi.
MA’LUMOT UCHUN
“ANOR BANK” 2020-yil 22-avgustda bank litsenziyasini olgan birinchi mahalliy tijorat raqamli bank bo‘lib, sentabr oyidayoq to‘liq ishlay boshladi va onlayn xizmatlar ko‘rsatishni boshladi.
“ANOR BANK” jismoniy va yuridik shaxslarga bankka bormasdan turib, to‘liq bank xizmatlarini taqdim etadi. Barcha xizmatlarni veb-saytda, mobil ilovada yoki oddiygina kechayu kunduz ishlaydigan aloqa markaziga qo'ng'iroq qilish orqali olish mumkin. Raqamli banking innovatsion kontseptsiyasi bugungi kun talablarining aksidir. Jamiyat mobilroq bo‘ldi, har bir kishi raqamli texnologiyalardan foydalanishni va ko‘pgina xizmatlarni dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan turib va kechayu kunduz olishni ma’qul ko‘radi.
“ANOR BANK” har bir mijozga individual yondashish va ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida xavfsizlikni kafolatlagan holda har qanday so‘rovni imkon qadar tezroq ko‘rib chiqish uchun doim harakat qiladi.
2022 yilda ANORBANK BSS Uzbekistan omnikal dialog platformasidan foydalangan holda nutq texnologiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirgani uchun Milliy bank mukofotining eng yuqori mukofoti bilan taqdirlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122408 | Инструменты