Huawei 1
"O‘tkan kunlar" spektaklining Bokudagi premyerasi — do‘stlik va umumiy xotiraning ko‘prigi

2025-yilning 29-aprel kuni Boku shahrida o‘zbek adabiyotining klassigi Abdulla Qodiriyning mashhur romani asosida sahnalashtirilgan "O‘tkan kunlar" spektaklining ilk xorijiy premyerasi bo‘lib o‘tdi. Boku munitsipal teatrida sahnalashtirilgan ushbu asar Ozarbayjon Davlat Milliy Akademik Drama teatrisahnasida namoyish etildi va O‘zbekiston va Ozarbayjonning ma’naviy qadriyatlarini birlashtirgan muhim madaniy voqea bo‘ldi.

"O‘tkan kunlar" romani Markaziy Osiyoda realizm yo‘nalishidagi ilk asarlardan birisifatida tan olingan bo‘lib, ilk bor 1928-1929-yillarda mashhur turkolog Xolid Said Xo‘jayevtomonidan ozarbayjon tiliga tarjimaqilingan edi. 

2023-yilda asar zamonaviy ozarbayjon tilida qayta nashr etildi va bosh qahramonlar — Kumush va Otabekning fojialimuhabbat hikoyasiga qiziqishni yana uyg‘otdi hamda yangi avlod o‘quvchilari uchun ochiq bo‘ldi.

Spektakl premyerasi nafaqat adabiy meros, balki ikki xalq o‘rtasidagi birodarliktimsoliga aylandi. Tadbir O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30-yilligiga bag‘ishlandi va u O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi, Ozarbayjon Milliy Medjlisining Madaniyat qo‘mitasi hamda Boku munitsipal teatri hamkorligida tashkil etildi.

Bu muhim sanani eslash nafaqat rasmiyaloqalarning ramzi, balki ko‘p asrlik ma’naviy rishtalarning davomiyligi sifatida ham ahamiyatlidir. Bugungi kunda bu munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rahbarligida birodarlik, o‘zaro ishonch va hartomonlama hamkorlik asosida muvaffaqiyatli davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Ozarbayjon Milli Medjlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, deputat Gyunay Efendiyeva tantanali nutq so‘zladi. U o‘znutqida spektaklning umumiy tarixiy xotirava madaniy meros kontekstidagi ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, Abdulla Qodiriyhamda mashhur ozarbayjon yozuvchilari — Huseyn Javid, Ahmad Javad, MikoyilMushfiq — 1930-yillardagi repressiyalarningqurboni bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ushbu spektakl xalqlarimizning umumiy fojialitaqdirini birgalikda anglash aktiga aylandi.

Tadbirga O‘zbekistondan taniqli yozuvchilar, aktyorlar va san’at arboblaridan iboratdelegatsiyaning, jumladan, Abdulla Qodiriyning nabirasining ishtirokibayramona muhitni yanada boyitdi. Bu esaumumiy madaniy merosga bo‘lgan chuqur hurmatva ikki xalq o‘rtasidagi ma’naviyaloqalarning mustahkamlanishini ifoda etdi.

Spektakl rejissyori — Merahim Farzalibekov, sahna asarining muallifi esamashhur shoir va yozuvchi Kenan Hodji bo‘ldi. Aynur Muxtarova boshchiligidagi teatr jamoasi turkiy madaniyatni keng targ‘ib qilishyo‘lida yuqori professionallik va sadoqatininamoyish etdi.

Tadbir yakunida spektakl tashkilotchilariva ishtirokchilariga minnatdorchilikbildirildi, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanadachuqurlashtirish tilaklari izhor etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50201 | Инструменты