Huawei 1
"Asosiy hamkor davlatlarning milliy valyutasi qadrsizlangan" — Markaziy bank dollar kursi keskin oshgani yuzasidan izoh berdi

Avvalroq, O‘zbekiston tijorat banklarida dollar sotuv kursi 12 ming so‘mdan oshgani haqida xabar bergan edik. Bir kunda tijorat banklarida AQSh dollari kursi +408 soʻmga oshishi aholi o'rtasida turli bahslarni keltirib chiqardi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Markaziy bank ushbu holat yil oxirigacha barqaror bo'lishini aytmoqda. 

O'zbekistonda bugungi kundagi milliy valyutadagi keskin qadrsizlanish holati qandayligi yuzasidan Markaziy bank o'z izohini berdi.

Qayd etilishicha, asosiy savdo hamkor davlatlarning milliy valyutasidagi keskin qadrsizlanish tashqi savdo hamda pul o'tkazmalari kanallari orqali o'zbek so'mining real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.

Tashqi savdo bo'yicha asosiy hamkor davlatlardan Rossiya rubl yil boshidan AQSH dollariga nisbatan 32 foizga va Turkiyada lira 45 foizga qadrsizlandi. Savdo hamkorlar valyuta kurslari va inflyatsiya darajasi o'rtasidagi tafovutning ortishi hisobiga so'mning real samarali almashinuv kursida mustahkamlanish kuzatildi. Bu o'z navbatida eksport va pul tushumlari kanallari orqali O'zbekistonga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Savdo hamkorlarda milliy valyuta qadrsizlanishi hisobiga ulardan eksport tushumlari va pul o'tkazmalari hajmida pasayish kuzatildi. Natijada ichki valyuta bozorida taklif hajmi qisqarib, import hajmining oshib borishi sharoitida sezilarli o'sayotgan talabni qondirish imkoniyati pasaydi. Ayni paytda xorijiy valyutaga bo'lgan talabning taklifdan yuqori bo'lishi, narx ya'ni almashuv kursi oshishida o'z alsini topadi.

Natijada ichki valyuta bozorida so'm almashuv kursi devalvatsiyasi suratining biroz tezlanishi fundamental omillar ta'sirida to'g'irlanishi kuzatildi. So'mning AQSH dollariga nisbatan kursi kun boshida ichki valyuta bozorida o'tkazilgan savdolarda 3,5 foizga qadrsizlandi. Bunda so'mning yil boshidan qadrsizlanishi 7,6 foizga yetdi va asosiy savdo hamkorlardagi ko'rsatkichga nisbatan past hisoblanadi.

Ushbu to'g'irlanish zaruriy bo'lib, aholi va tadbirkorlarning xaridlari uchun banklarda yetarli darajada xoijiy valyuta bo'lishini ta'minlaydi. Aks holda haqiqiy kurs orqada qolib ketsa, kelgusida turli xil salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lar edi.

Markaziy bank kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishini oldini olish bo'yicha yetarlicha instrumentlarga ega bo'lib, zarur hollarda qo'shimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishar yumshatilib boriladi.

2023-yil 1-avgust holatiga ko'ra, mamlakatning yalpi oltin valyuta zaxiralari 33,6 mlrd dollarni tashkil etib, ichki valyuta bozorida so'm almashuv kursining keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida Markaziy bank intervensiyalarini bozorda valyuta sotuvini amalga oshirish uchun yetarli hisoblanadi. Bunda Markaziy bank oldin ham ta'kidlaganidek, milliy valyuta almashuv kursining fundamental o'zgarishlariga ta'sir etmagan holda uning sezilarli tebranishlarini yumshatishga qaratilgan intervensiya siyosatini davom ettiradi.

Mazkur to'g'irlanish real samarali almashinuv kursining uzoq muddatli trendiga qaytishiga olib keladi va muvozanatli kurs tushumlarini oshirish orqali bozorda taklif o'sishiga xizmat qiladi. Ya'ni banklarga valyuta tushumini ko'paytiradi. Real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o'rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo'ladi. Real samarali almashuv kursidagi ushbu to'g'rilanish valyuta tushumlarini oshirishi va mos ravishda ichki valyuta bozorida taklifni ko'paytirishi orqali muvozanatli almashuv kursi shaklanishiga xizmat qiladi.

Ushbu to'g'irlanish tashqi iqtisodiy sharoitlar va ichki makroiqtisodiy vaziyatning joriy holatida yetarli deb baholanmoqda. So'mning real samarali almashuv kursining keyingi davrlarda barqaror bo'lishi kutilmoqda. Kelgusida so'm almashuv kursining keskin tebranishlariga sabab bo'ladigan fundamental omillar ta'sirining minimal bo'lishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42711 | Инструменты