O‘zbekistondagi tijorat banklarida AQSh dollari kursi +408 soʻmga oshishi kutilmoqda.
Shuningdek, banklarda AQSH dollarining sotuv kursi 11 690 - 12 135 so‘m, sotib olish kursi 11 610 - 12 060 so‘m tashkil qilmoqda.
Markaziy bank ichki valuta bozoridagi holat bo‘yicha izoh berdi.
“Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali so‘mning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.
Bu, o‘z navbatida, eksport va pul o‘tkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatimizga valuta tushumlariga va ichki valuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Natijada, ichki valuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi – fundamental omillar ta’sirida to‘g‘rilanishi kuzatildi.
Markaziy bank kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishini oldini olish bo‘yicha yetarli instrumentlarga ega bo‘lib, zarur hollarda qo‘shimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishlar yumshatib boriladi.
Mazkur to‘g‘rilanish real samarali almashuv kursning uzoq muddatli trendiga qaytishiga olib keladi va muvozanatli kurs valuta tushumlarini oshirish orqali bozorda taklif o‘sishiga xizmat qiladi. Real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va o‘rta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror bo‘ladi”, deyiladi bank izohida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42720 | Инструменты