Huawei 1
"Birinchi chorakda kiruvchi pul o‘tkazmalari miqdori 2,5 mlrd dollarni tashkil etdi, Rosssiyaning ulushi 68%gacha tushgan" - Mamarizo Nurmurodov

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha matbuot anjumani o'tkazdi

Unda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov birinchi chorakda kiruvchi pul o‘tkazmalari miqdori 2,5 mlrd dollarni tashkil etgani haqida aytib o'tdi. 

"O‘zbekiston ehtimoliy sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatorida bo‘lgani potensial investorlarning xususiylashtirilayotgan banklarga nisbatan qiziqishi va ishtiyoqini kamaytirayotgan bo‘lishi mumkin. 

Muhokama etilayotgan loyihaga ko‘ra, davlat ipoteka krediti bo‘yicha foiz shartlarini birlamchi bozordagi barcha ipoteka mahsulotlariga ham qo‘llanilishi mumkin. Bu ipoteka kreditlari bo‘yicha stavkalarini pasayishiga olib keladi. 

Birinchi chorakda kiruvchi pul o‘tkazmalari miqdori 2,5 mlrd dollarni tashkil etdi, Rosssiyaning ulushi 68%gacha tushgan.

O‘tgan yilning birinchi choragida kiruvchi pul o‘tkazmalari 2,3 mlrd dollardan iborat bo‘lgan", - deya ta'kidladi Mamarizo Nurmurodov

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga