Huawei 2
2025-yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi

Natijani DV-2025 sayti orqali tekshirish mumkin. Unda anketa to‘ldirish vaqtida olingan tasdiqlovchi raqamni kiritish kerak.

Ma’lumot uchun, Green Card lotereyasi AQShda 1990-yilgi immigratsiya to‘g‘risidagi qonunga asosan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Bu lotereya g‘oliblari AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi vizaga ega bo‘ladi. Lotereyani o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularga viza berish bilan Davlat departamenti shug‘ullanadi.

Har yili 55 mingta vizaga ega chiqish uchun butun dunyo bo‘ylab 20 milliondan ko‘proq odam ariza topshiradi. Odatda g‘olib sifatida qayd etilgan ariza beruvchilarning 50 foizdan ko‘prog‘i viza bo‘yicha intervyudan o‘tgan taqdirdagina viza oladi.

Izohlar: 13
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga