Davlat Soliq qo'mitasi raisiga yangi o'rinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Abdiyev Jaxongir Ibragimovich Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

U1982-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tashqi iqtisodiy faoliyat mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Abdiyev soliq organlaridagi faoliyatini 2005-yilda Kattaqoʻrgʻon shahar davlat soliq inspeksiyasi inspektori lavozimidan boshlagan.

Bunga qadar Davlat soliq qoʻmitasi Xavfni tahlil qilish va soliq toʻlovchilarni segmentlash departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72302 | Инструменты