Huawei 1
Islom taraqqiyot banki guruhi O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 30 mln dollar ajratadi

Vazirlar Mahkamasi "Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini qabul qildi

Kichik va o‘rta tadbirkorlik uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, moliyaviy xizmatlarni kengaytirish, islomiy moliyalashtirish salohiyatini oshirish maqsadida 2024-yil 18-aprelda O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki (ITB) o‘rtasida "Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash" loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha 30 mln AQSH dollari miqdorida 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan Kredit bitimi imzolandi.

Kredit loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan O‘zbekistonning "Biznes rivojlanish banki" tijorat banki va "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJga ajratiladi.

Mablag‘lar kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini “Murobaha” tamoyili asosida moliyalashtirishga, shuningdek biznes-injiniring va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashishga yo‘naltiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bo‘yicha moliyalashtirish manbalari;

- Qo‘shimcha to‘lovlar va foizlarni o‘z ichiga olgan ITB kreditlari bo‘yicha to‘lovlar prognozi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10817 | Инструменты