Markaziy bank avgust oyida 2 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan o‘tgan oydagi yig‘ilishlarda 42 ta masala ko‘rildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Xususan, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 30 ta masala ko‘rilib, shundan 7 tasi kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni, 1 tasi mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish borasida bo‘lgan.
Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala — Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotida o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlar natijasi ham muhokama qilindi.
O‘rganish va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 2 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.
Bundan tashqari, regulyator tomonidan 7 ta mikromoliya tashkiloti, 2 ta to‘lov tizimi operatorlari va 27 ta banklar ogohlantirildi.
Ular to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarining ustav fondi va tashkiliy-huquqiy shakliga qo‘yilgan talablarni bajarmagan. Shuningdek, Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari bajarilishiga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilmagan.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, ular bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sog‘lomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya qilinishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100319 | Инструменты