AQShning Medisondagi Viskonsin universiteti olimi Frensis Halzen “IceCube neytrino observatoriyasining ishiga qo‘shgan hal qiluvchi hissasi hamda astrofizik kelib chiqishga ega yuqori energiyali neytrinolarni kashf etgani uchun” fizika bo‘yicha 2026-yilgi Nobel mukofoti laureati bo‘ldi
AQShning Medisondagi Viskonsin universiteti olimi Frensis Halzen “IceCube neytrino observatoriyasining ishiga qo‘shgan hal qiluvchi hissasi hamda astrofizik kelib chiqishga ega yuqori energiyali neytrinolarni kashf etgani uchun” fizika bo‘yicha 2026-yilgi Nobel mukofoti laureati bo‘ldi. Bu haqda Nobel qo‘mitasining rasmiy saytida xabar qilindi.
Frensis Halzen Janubiy qutbdagi muz qatlamidan neytrino nomi bilan mashhur zarrachalarni kuzatishda foydalanish mumkinligini anglab yetdi. Uning ilmiy tafakkuri va yetakchiligi yorug‘lik datchiklari bilan jihozlangan bir kub kilometr hajmdagi muzdan iborat IceCube neytrino observatoriyasini barpo etishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Tadqiqotchilar IceCube yordamida olis koinotdagi o‘ta yuqori energiyali jarayonlarda hosil bo‘ladigan neytrinolarni qayd etish imkoniga ega bo‘ldi.
“Nobel haftaligi” 6-oktabr kuni fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha mukofot laureatlarini e’lon qilish bilan boshlandi — optogenetikaga asos solgani uchun Karl Deysserot, Peter Hegeman va Georg Nagel mazkur mukofotga loyiq ko‘rildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100616 | Инструменты