Huawei 1
Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni keyingi haftaga qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha 2025-yil 13-martga belgilangan boshqaruv yig‘ilishi sanasini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Markaziy bankning xabar berishicha, joriy yilning fevral oyi yakunlari bo‘yicha O'zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va savdo hamkorlar iqtisodiyoti bo‘yicha maʼlumotlar mart oyining ikkinchi yarmida eʼlon qilinishini hamda ishlab chiqilayotgan makroiqtisodiy tahlil va prognozlarda ushbu yangilangan ko‘rsatkichlar asos bo‘lishini inobatga olib, Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning 20 martida o‘tkazilishi belgilandi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31315 | Инструменты