Huawei 1
Markaziy bank: Yarim yilda fuqarolar banklarga qariyb 7,2 mlrd dollarlik valyuta sotdi

2024-yilning 6 oyida jismoniy shaxslar banklarga qariyb 7,2 mlrd dollarlik valyuta sotgan. Bu 2023-yilning tegishli davrida banklarga aholi tomonidan sotilgan valyuta hajmidan 1,7 mlrd dollar ko‘p.

Eng ko‘p valyuta sotish may va iyun oylariga to‘g‘ri kelgan, ayni shu oylarda aholi sotgan va sotib olgan valyuta hajmi farqi ham yuqori darajaga chiqqan (so‘mning barqarorlashuvi va mustahkamlanishi davri).

O‘tgan davrda aholi banklardan 4,6 mlrd dolarlik valyuta sotib olgan, 2023-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 4,4 mlrd dollarni tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91405 | Инструменты