Huawei 1
Muammoli kredit qoldig‘i oshib bormoqda

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, joriy yil boshiga nisbatan tijorat banklari kredit portfeli 18,8 trillion so‘mga oshgan.

Kredit portfeli qoldig‘i o‘tgan oyga nisbatan barcha davlat ulushi mavjud banklarda oshgan bo‘lsa, Asakabank va Biznesni rivojlantirish banklarida kamaygan. Boshqa banklardan Ipoteka-bank, Tenge bank, Garant bank, Madad invest bank, Oktobank, Smart banklarda ham kredit portfeli qoldig‘i kamayib ketgan.  

Davlat ulushi mavjud davlat banklarida muammoli kreditlar ulushi yil boshiga nisbatan ko‘paygan.  

Joriy yil 1-iyun holatiga Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki, Asakabank, Mikrokreditbank, Aloqa bank, Ipoteka bank, Garant bank, Madad invest banklarning muammoli kreditlar ulushi respublika darajasidan yuqoriligicha qolmoqda.  

Eng yirik muammoli kredit qoldig‘iga ega 7 ta banklarga respublika bo‘yicha muammoli kreditlarning 81 foizi to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan 28 ta tijorat banklarining muammoli kreditlari 19 foizni tashkil qiladi.  

Achinarlisi, tijorat banklaridagi muammoli kreditlar qoldig‘i oshib bormoqda. Yil boshiga nisbatan respublika bo‘yicha muammoli kredit 4,3 trillion so‘mga oshib ketgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63004 | Инструменты