"O'zmilliybank" kredit ajratgan Navoiydagi bir qator yirik sanoat korxonalariga katta press-tur tashkil etildi
Navoiy viloyatiga OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Bunda press-turning dastlabki manzili Navoiy shahrida joylashgan, “ISHONCH CARPET” MCHJ bo'ldi.
Mazkur korxona 2003 yilning may oyida o'z faoliyatini boshlagan. Korxonaning asosiy faoliyati yevropa standartlariga javob beruvchi zamonvaiy gilamlar ishlab chiqrishdan iborat.
Bugungi kunda korxonada 200 dan ortiq xodimlar mehnat qiladi, shulardan 70 foizi yoshlarni tashkil etadi. Korxonada texnologik modernizatsiyaga alohida e'tibor qaratiladi. Jumladan, O'zmilliybank tomonidan ajratilgan 288 mln. so'm miqdoridagi kredit mablag'i evaziga korxona yuk tortuvchi va tirkama sotib oldi.
Korxonaning eksport geografiyasi MDH ni o'z ichiga olgan bo'lib, yillik quvvati 500 tonnadan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Korxona o'z faoliyatini gilam ishlab chiqarish sohasida to'xtatgani yo'q. 2015 yilda korxona tomonidan gilamlarni kimyoviy tozalash sexi ishga tushirilgan, undan tashqari esa, korxonaning ishlab chiqarish hududida temirbeton binolar va qurilishlarga mo'ljallangan plitalar ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilgan.
Shundan so'ng press-tur ishtirokchilari O'zmilliybankning Navoiy viloyati filiali faoliyati bilan tanishdilar.
Shu kunga qadar Navoiy viloyatining turli hududlarida faoliyat yuritib kelmoqda. jumladan, Navoiy va Zarafshon shaxarlarida, Uchquduq, Qiziltepa hamda Karmana tumanlarida bankning 5 ta filialida xizmat ko'rsatib, aholiga sifatli bank xizmatlarini taqdim etmoqda.
Mazkur filiallar tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan Navoiy viloyatida katta maydonlarda intensiv bog'lar, yirik sig'imli zamonaviy muzlatgichlar, savdo va maishiy xizmat kursatish markazlari, umumiy ovkatlanish maskanlari tashkil topdi. Umumiy ma'noda oxirgi uch yilda viloyatda 23 dan oshiq yirik ishlab chiqarish loyihalari moliyalashtirildi.
“O'zmilliybank” Navoiy viloyati filiali tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar natijasida viloyatda 2 590 dan ortiq fuqaro bandligi ta'minlangan.
Filialda 01.10.2021 yil xolatiga jami 34,4 mingta mijozlarga xizmat ko'rsatiladi. Shundan 8,4 mingtasi jismoniy shaxslar va 26,0 mingtasi yuridik shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo'yilmalari 330,5 mlrd.so'mni tashkil etadi. To'lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 28 ta bankomat, 31 ta infokioska, 3289 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan.
Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida shaxar hududida 7 ta valyuta ayirboshlash shaxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko'rsatuvchi 2 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchasi (bankomat) shaxar va tuman fuqarolariga hamda tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat ko'rsatmoqda.
Bankning filialida zamonaviy innovatsion bank xizmatlari ko'rsatilishiga alohida ahamiyat qaratilgan. Bank mijozlarining 21 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Bunda hisobraqamlarda bank aylanmalarini amalga oshirish, on-layn kredit rasmiylashtirish yoki kredit qarzdorligini qoplash, xalqaro va milliy plastik kartochkalarda xar qanday bank amaliyotlari hamda to'lovlarni amalga oshirish, omonat rasmiylashtirish amaliyotlari, xorijiy valyutalarda konversion amaliyotlar, pul o'tkazmalari kabi bank xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin.
Press-tur doirasida OAV vakillari “BAXT-TEXTILE” MCHJ Q/K faoliyati bilan ham chqindan tanishdilar. Mazkur korxonaning asosiy faoliyat turi raxta tolasini qayta ishlash va tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat.
Bugungi kunda mazkur nafaqat Navoiy viloyatida balki, butun Respublikamizdagi eng yirik paxtani qayta ishlash korxonasi hisoblangan “BAXT-TEXTILE” MCHJ da 2000 mingdan ortiq xodimlar faoliyat yuritmoqda.
Korxonaning yillaik ishlab chiqarish quvvati 30 mint tonnadan ortiq tayyor mahsulotni yetkazib berish imkoniyatiga ega.
Korxonada o'rnatilgan ishlab chiqarish uskunalari Germaniya, Shveysariya, Italiya va Turkiya davlatlarida ishlab chikarilgan zamonaviy texnologik jixozlar xisoblanadi. Jumladan, O'zmilliybank tomonidan ajratilgan 14,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit evaziga mazkur korxona tomonidan Shveysariyadan qator uskunalar sotib olindi.
Navoiy viloyati bo'ylab tashkil etilgan press-turning ikkinchi kunida esa ishtirokchilar “Grand Sarmishsoy” nomi ostida dam olish maskanini tashkil etgan “MUHABBAT BOG`I” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
7 gektar maydondagi dam olish maskanida 40 ga yaqin o'ziga xos kottejlar va kespinglar. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 11 milliard so'mdan ortiq bo'lib, shundan O'zmilliybank tomonidan kreditga ajratilgan mablag' 9 milliard so'mni tashkil etadi.
Yigirmaga yaqin ishchi mehnat qilayotgan dam olish maskani Navoiy shahridan 30 km uzoqlikda, Navbahor tumanida joylashgan. Sayyohlarga o'z ta'tillaridan to'liq bahramand bo'lish imkonini beruvchi barcha xizmatlarni taklif etadi.
Navbatdagi manzil davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 37 gektar maydonda tashkil etilgan “Marmarobod” klasteri bo'ldi. Ushbu loyihaning asoschisi O'zmilliybankning investitsion korxonasi – “NBU G'OZG'ON INVEST” MCHJ hisoblanadi.
Korxona Navoiy viloyati Nurota tumanida joylashgan noyob Gozg'on konida eng yirik shaxsiy xomashyo bazasi (karerlari) va zamonaviy tabiiy toshni qayta ishlash zavodiga ega. Shuningdek, klaster tarkibiga marmar va granitni qayta ishlash bo'yicha bir nechta korxonalar kiradi, jami mahalliy tadbirkorlar uchun 8 ta ishlab chiqarish binosi qurilgan bo'lib, shulardan ikkitasi o'z faoliyatini boshlagan, uchinchisi esa ishga tushirishga tayyorlanmoqda.
Jumladan, press-tur davomida ishtirokchilar klaster tarkibiga kiruvchi “NUROTA MRAMOR INDUSTRY” MCHJ , “Dilshod” F/X, “Navoi Process stone company” MCHJ Q/K lar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Bugungi kunda klasterda 300 dan ortiq ishchi ishlaydi. Shuningdek, yaqin kelajakda 800 dan ortiq kishini ish bilan ta'minlash mumkin bo'lgan boshqa loyihalar ham amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, klaster tarkibida bank xizmatlari markazi, servis va o'quv markazlari, ehtiyot qismlar va stanoklar do'koni tashkil etilgan.
Reklama huquqi asosida
Alpha version: 0.9.1.19 build 90500 | Инструменты