Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq hamda Quyichirchiq tumanlaridan jami 1309,76 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi maʼlumot qildi.
Qayd etilishicha, ajratilgan yerdan:
sug‘oriladigan yerlar -1075,45 gektar;
bog‘lar — 112,69 gektar;
yaylov va pichanzorlar — 0,65 gektar;
boshqa yerlar — 120,97 gektar.
O‘rtachirchiq tumanidan jami 790,76 gektar.
Shundan:
sug‘oriladigan yerlar — 609,95 gektar;
bog‘lar — 112,63 gektar;
yaylov va pichanzorlar — 0,65 gektar;
boshqa yerlar — 67,53 gektar.
Quyichirchiq tumanidan jami 519 gektar.
Shundan:
sug‘oriladigan yerlar — 465,5 gektar;
bog‘lar — 0,06 gektar;
boshqa yerlar — 53,44 gektar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90419 | Инструменты