May oyida dunyo markaziy banklari 23 tonna oltin sotib oldi va 12 tonna oltin sotdi. Oy davomida oltinning asosiy sotuvchisi Qozog‘iston bo‘ldi — 11 tonna.
Polsha (10 tonna), Turkiya (6 tonna) va Hindiston (4 tonna) markaziy banklari oltinning asosiy xaridorlari bo‘ldi.
O‘zbekiston Markaziy banki may oyida umuman oltin sotmagan. Aprel oyida esa 1 tonna oltin sotilgan edi. Shu tariqa so‘nggi ikki oyda O‘zbekiston atiga 1 tonna oltin sotgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10302 | Инструменты