O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab aholiga kredit berish talablari kuchaytiriladi

2024-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston banklari uchun aholiga kredit berish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi. Bu haqda Markaziy bank raisi qarori imzolandi.

Qaror bilan qarz yuki ko‘rsatkichi joriy etilmoqdau o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati orqali hisoblanadi. 

Hozir O‘zbekistonda qarz yuki talabi faqat mikrokreditlarga nisbatan qo‘llanadi va 50 foizni tashkil etadi. 2024-yil 1-iyuldan boshlab barcha kreditlarni (shu jumladan, mikrokreditlarni) berishda kreditorlar o‘z mijozlarining qarz yuki 60 foizdan oshmasligini taʼminlashi shart. 

2025-yil 1-yanvardan boshlab bu ko‘rsatkich 50 foizgacha qisqartiriladi.

Qarz yukini barcha kreditlar kontekstida hisoblashni joriy etish orqali regulyator aholi daromadlarini legallashtirishga erishish, o‘z daromadlarini qonuniylashtirgan qarz oluvchilarni kreditlashni rag‘batlantirish, norasmiy daromadlarni baholashni rasmiylashtirish va banklarni masʼuliyatli kreditlashga jalb etishni maqsad qilgan.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты