Huawei 1
O‘zbekistonda 400 000 so‘mlik kupyura rasmi tarqalmoqda. Markaziy bank izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda yangi — 400 ming so‘mlik banknota rasmi tarqalmoqda. Mazkur xabarlar yuzasidan Markaziy bank axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘layotgan 400 ming so‘mlik kupyura haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. 

Ushbu suratda 100 ming so‘mlik kupyura dizaynini ko‘rish mumkin. Markaziy bank axborot xizmati rahbari agar yangi banknota chiqarilsa, rasmiy e’lon qilinishini ta’kidladi.

Ma'lumot uchun, 2021-yilda O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan 7 ta banknotadan 6 tasi yangilangan. Xususan, 2021-yilning 27-dekabridan 50 000 va 100 000 so‘mlik, 14-iyunidan 2000 va 20 000 so‘mlik, 26-avgustidan 5 ming va 10 ming so‘mlik, 2022-yilning 15-iyuldan 200 ming so‘mlik banknotalar yangi ko‘rinishda muomalaga chiqarildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22516 | Инструменты