Markaziy bankning ma'lumotiga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi $12,1 mlrdni tashkil etgan.
Avgust oyigacha transfertlar miqdori oyma-oy o‘sib borgan: yanvarda — $1,06 mlrd, fevralda — $1,07 mlrd, martda — $1,21 mlrd, aprelda — $1,43 mlrd, mayda — $1,64 mlrd, iyunda — $1,78 mlrd, iyulda esa — $1,97 mlrd. Avgustda nisbatan past ko‘rsatkich qayd etilgan — $1,86 mlrd.
Bundan tashqari, sakkiz oyda aholining valyuta sotuvi va xaridi o‘rtasidagi ijobiy tafovut $5,6 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshdi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91217 | Инструменты