Huawei 2
Tijorat banklarida ipoteka kreditlari qoldig‘i 432 milliard so‘mga o‘sgan

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, joriy yilning may oyida tijorat banklari ipoteka kreditlari qoldig‘i 432 mlrd so‘mga o‘sgan. O‘tgan yilning may oyida esa banklarning ipoteka portfeli 918 mlrd so‘mga o‘sgan edi.

Negizini avtokreditlar tashkil etuvchi isteʼmol kreditlarining o‘sishi 168 mlrd so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davrida qariyb 20 barobar ko‘proq, 3,1 trln so‘mlik o‘sish qayd etilgan edi.  

Banklarning jami kredit qo‘shilmalari oy davomida 6,7 trln so‘mga o‘sgan va 490,3 trln so‘mga yetgan. Oylik o‘sishning 2,5 trln so‘mi chakana, 4,2 trln so‘mi korporativ kreditlarga to‘g‘ri kelgan (davlat banklarining faolligi hisobiga).  

Davlat banklarining kredit portfeli 4,3 trln so‘mga, xususiy banklarniki 2,4 trln so‘m o‘sgan. Davlat banklaridagi kredit faolligi bilan bir vaqtda muammoli kreditlarning sezilarli kamayishi ham qayd etilgan.  

Ulushda eng katta muammoli kreditlarga ega bo‘lgan “Octobank” zaxiralar hisobidan NPL qoldig‘ini to‘liq nollashtirgan. Jami muammoli kreditlar qoldig‘i 2,4 trln so‘mga, 20,9 trln so‘mgacha qisqargan NPL ulushi 4,8 foizdan 4,3 foizgacha tushgan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63005 | Инструменты