Uyida quyosh paneli orqali elektrdan foydalangan 61 mingdan oshiq aholi avgust uchun 105,4 mlrd so'm keshbek oladi

Joriy yilning avgust oyida 61 548 nafar jismoniy shaxs "Quyoshli xonadon" dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 105 mlrd 400 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oladi. Bu haqda Davlat Soliq xizmatlari xabar bermqoda.

Qayd etilishicha, subsidiyaning eng katta qismi Buxoro viloyatiga to'g'ri kelmoqda. U yerdagi aholi quyosh panelidan foydalangani uchun 18,9 mlrd so‘m keshbek oladi. 2-o'rinda Xorazm viloyati - 18,3 mlrd so‘m, 3-o'rinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 12,4 mlrd so‘m.

Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Ma'lumot uchun, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102202 | Инструменты