Huawei 2
Yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 216 trln so‘mni tashkil etdi

2024-yil yanvar-mart oylarida umumiy pul tushumlari 184 trln so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 30 foizga o‘sgan.

Umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2023-yil I-choragidagii 38 foizdan 2024-yil mos davrida 40 foizga o‘sishi kuzatildi. Savdo va xizmatlar sohasi jami tushumlarida terminal tushumlari salmog‘i o‘tgan yil yanvar-mart oylaridagi 40 foizdan 44 foizga oshdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 216 trln so‘mni tashkil etgani holda, 2023-yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshdi. Jumladan, banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga o‘sib, 109 trln so‘mni tashkil qildi.

2024-yil I-choragida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2023-yil I-choragiga nisbatan
24 foizga ko‘paydi va 107 trln so‘mni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida bank kartalariga 212 trln so‘mmablag‘lar kirim qilingan. Bu ko‘rsatkich 2023-yil mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshdi. 2024 yil I-choragida bank kartalaridagi 48 trln so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olingan.

2023 yil yanvar-mart oylarida bank kartalarga kelib tushgan mablag‘larning 24 foizi naqdlashtirib olingan bo‘lsa (2022 yil yanvar-mart oylarida 28 foizni), bu ko‘rsatkich 2024-yilda 23 foizni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida bank kartalariga 212 trln so‘m mablag‘lar kirim qilingan. Bu ko‘rsatkich 2023 yil mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshdi. 2024-yil I-choragida bank kartalaridagi 48 trln so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olingan.

2023-yil yanvar-mart oylarida bank kartalarga kelib tushgan mablag‘larning 24 foizi naqdlashtirib olingan bo‘lsa (2022 yil yanvar-mart oylarida 28 foizni), bu ko‘rsatkich 2024 yilda 23 foizni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga