Huawei 1
"Yevroosiyo Banki” aksiyadorlik jamiyatidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olindi

Markaziy bank Boshqaruvining 2025-yil 27-avgustdagi 22/1-sonli qaroriga muvofiq “Yevroosiyo Banki” aksiyadorlik jamiyatidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olindi.

Bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlashtirilmaganligi hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilmaganligi sababli ushbu qaror qabul qilindi.

“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan, bankni majburiy tugatish hamda tugatish komissiyasini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82814 | Инструменты