Bahodir Jurayev “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” raisi bo‘ldi

Bahodir Ibragimovich Jurayev “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Bahodir Jo‘rayev 1966-yil 3-dekabrda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 1990-yil Toshkent davlat politexnika institutini elektr stansiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

U 2006−2009-yillarda “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik jamiyati “Navoiy IES” ochiq aksiyadorlik jamiyati direktori, 2009−2013-yillarda Navoiy shahar hokimi sifatida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatida ham qator lavozimlarda ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112510 | Инструменты