Huawei 1
16-avgust: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Muhammad Saloh Misrning Giza shahridagi yong'indan talofot ko'rgan cherkov ta'miri uchun 150 ming yevro xayriya qildi;

* MYU Adrien Rabyoning yuqori maosh talabi tufayli bu transferdan voz kechadi. "Yunaytez" o'sha odam men emas;

* MYU "Lion" futbolchisi Mussa Dembeleni sotib olmoqchi. Futbolchi 15-20 mln yevroga baholanmoqda;

* "Barselona" Xuan Foyt bilan muntazam aloqada bo'lib turibdi;

* Kazemiro: "Agar boshqa chempionatda o'ynash imkonim bo'lsa, men Premyer-ligada o'ynagan bo'lardim". Unga MYU jiddiy qiziqish bildirmoqda;

* "Everton" a'zosi Dele Alli ijara asosida "Beshiktosh" klubiga o'tishga yaqin turibdi;

* Uesli Fofana "Chelsi" bikan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishdi. Faqat ikki klub transferni muhokama qilishsa bo'lgani;

* Ten Hag Ronalduning MYUdan ketishiga ancha avval rozi bo'lgan. Faqat klub egalari Gleyzerlar uning ketishiga qarshilik qilishyapti;

* Anxel di Mariya oyog'ining son sohasidan olgan jarohati tufayli 10 hafta maydonga tusha olmaydi;

* Darvin Nunyez "Kristal Pelas"ga qarshi bahsdagi qizil kartochka uchun ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so'radi: "Barcha liverpulchilardan uzr so'rayman. Men albatta qaytaman".

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga