Huawei 1
2025-yildan boshlab klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirokchilar soni 4,5 barobar oshiriladi

FIFA prezidenti Janni Infantino klublar oʻrtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilishini eʼlon qildi.

“Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining yangi tizimi yaratiladi. 2025-yildan boshlab turnirda 32 jamoa qatnashadi. Ushbu turnir ham terma jamoalar ishtirokidagi Jahon chempionatiga oʻxshash boʻladi”, - deydi Infantino.

Avvalroq, Yevropaning top-klublari yangilangan klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishni istamayotgani haqida xabar qilingandi.

Eslatib oʻtamiz, turnirning amaldagi formatiga koʻra, musobaqada 6 qitʼa chempioni va turnir mezboni, jami 7 klub ishtirok etayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52109 | Инструменты