Huawei 1
2030-yilgi Jahon chempionati sanalari maʼlum qilindi

2030-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati bir oydan ko‘proq davom etadi.

Manbaga ko‘ra, 29-iyul kuni Ispaniya, Marokash va Portugaliyaning qo‘shma arizasi tashkilotchilari FIFAga o‘yinlar o‘tkaziladigan stadionlar ko‘rsatilgan hujjatni taqdim etgan.

8-9-iyun kunlari Argentina va Urugvay ishtirokida Jahon chempionatining 100 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionatining guruh bosqichi 13-30-iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Pley-off bahslari 1-iyulda boshlanadi, final o‘yini esa 21-iyulga belgilangan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91005 | Инструменты