Huawei 1
4 nafar nomzod tayyor: “Real Madrid” Anchelottini o’rniga qaysi murabbiyni olib kelmoqchi?

Anchadan beri Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida “Real”ni tark etishi mumkinligi haqida gaplar yuribdi. Taxminlarga ko'ra, italiyalik murabbiy Braziliya terma jamoasida ishlash uchun ketishi mumkin yoki Peres uni bo’shatishga qaror qiladi.

“Real Madrid” allaqachon Anchelotti o'rnini egallashi mumkin bo'lgan to'rt nafar murabbiydan iborat qisqa ro'yxatni tuzgan, deb xabar bermoqda Sports Bild.

Ular:

1. Tomas Tuxel. “PSJ” va “Chelsi”ning sobiq murabbiyi. 2021-yilda u Chempionlar ligasida g'oliblikni qo’lga kiritgan.

2. Maurisio Pochettino. “Tottenxem” va “PSJ”ning sobiq bosh murabbiyi. Bir marta u Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.

3. Xabi Alonso. “Madrid”ning sobiq yarim himoyachisi. Hozir u “Bayer”da muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

4. Raul. “Real Madrid” futbolchisi va klub afsonasi. Hozirda u “Kastilya”ga murabbiylik qilmoqda.

Savol shundaki, bu murabbiylarning qaysi biri “Real Madrid”ga ko’proq mos keladi?

Izohlar: 8
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51312 | Инструменты