Huawei 1
O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi afg'on kelishuvi masalalari bo'yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettiradi

O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Eduards Stiprais bilan uchrashdi. 

TIV ma'lumotiga ko'ra, muloqot chog'ida mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari, Afg'onistondagi vaziyat hamda O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar afg'on kelishuvi masalalari bo'yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60800 | Инструменты