8-avgust: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Jerar Pike "Barselona" rahbariyatidan hozirgi shartnomasini bekor qilib, oylik maoshining sezilarli darajada kamaytirishga roziligini ma'lum qildi;

* Rasman: Gonsalu Gedesh — "Vulverxempton" futbolchisi. Klub u bilan 2027-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer narxi 30 mln yevro;

* Timo Verner kecha Leypsig shahriga uchib keldi va ayni damda klub qarorgohida bo'lib turibdi. U bugun rasmiy shartnoma imzolaydi;

* Sergey Milenkovich-Savich "Arsenal" hamda "Nyukasl" klublaridan tushgan takliflarni rad etdi. Futbolchi "Chelsi"dan taklif tushsa, uni qabul qilmoqchi;

* Rasman: NEK klubi "Valensiya"dan darvozabon Yasper Sillissenni 1 million yevro evaziga xarid qildi;

* PSJ "Lester" futbolchisi Uesli Fofanani sotib olmoqchi. "Tulkilar" futbolchi uchun taklif qilingan 80 mln yevrolik so'rovni ham rad etdi;

* "Fulhem" hujumchisi Mitrovich "Liverpul"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgani uchun "WhoScored" talqiniga ko'ra turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi;

* "Borussiya Dortmund" "Kyoln" hujumchisi Antoni Modestni sotib oldi. Hujumchi o'tgan mavsumda 20 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты