Huawei 1
8-sentabr: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Rasman: Grem Potter — "Chelsi" bosh murabbiyiga aylandi. London klubi murabbiyni "Brayton"dan kelishga ko'ndirdi;

* Virjil van Deyk: "Maydonda bir-birimizga muhtojmiz. Biz birdam bo'lishimiz kerak. Hali hammasi oldinda";

* Tomas Tuxel "Chelsi" bilan shartnomasini bekor qilganligi uchun londonliklar unga 13 mln funt to‘lab berishadi;

* "Arsenal" futbolchisi Markinyos 1981-yildan buyon yevrokuboklarda “to'pchilar” safida debyut o'yinida gol urgan ilk futbolchiga aylandi;

* Yevropa Ligasi yangi mavsumi ilk turidan o'rin olgan "Syurix" — "Arsenal" bahsida londonliklar 1:2 hisobida zafar quchishdi;

* Yevropa Ligasi yangi mavsumi ilk turidan o'rin olgan "Ludogorets" — "Roma" bahsida rimliklar 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Rim klubining yagona goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi;

* Rasman: "Vulverxempton" Diego Kosta bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi tez orada yangi klubi safiga borib qo'shiladi;

* Daily Mail: "Katta ehtimol bilan bu hafta dam olish kunlaridagi APL o'yinlari marhum qirolicha Yelizaveta II ning vafoti tufayli qoldiriladi;

* Yevropa Ligasi ilk turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" — "Real Sosyedad" bahsida ispan klubi penaltidan kiritilgan gol evaziga g'alabani ilib ketdi— 0:1.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92211 | Инструменты