Huawei 2
“Al-Hilol” “Barselona” futbolchisini 100 million yevroga xarid qilmoqchi

“Barselona” futbolchisi Rafinya Saudiyaning “Al-Hilol” klubi qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. O‘tgan haftada Saudiya klubi “Barselona” vingeriga 80 million yevrodan baland narx to‘lamoqchiligi ma’lum bo‘lgandi. Diario Sport nashrining aniqlik kiritishicha, gap Rafinya haqida ketmoqda.

Ar-Riyod klubi braziliyalik futbolchiga 100 million yevro va bonuslar to‘lab bermoqchi. Shuningdek, “Al-Hilol” Rafinyaga hozirgi maoshidan 3 baravar ko‘proq maosh to‘lashga tayyor. Hozir futbolchi ispan klubida soliqlardan tashqari 5,5 million yevro maosh oladi.

“Barselona” ham taklifni o‘ylab ko‘rmoqchi. Vingerning sotuvidan tushgan mablag‘ orqali moliyaviy muammolarni bartaraf etishni ko‘zda tutgan.

Rafinya kataloniyaliklar safini tark etishni xohlamaydi. Undan tashqari futbolchining agenti bo‘lgan Deku hozirda “ko‘k-anorranglilar” sport direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga