Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahri markazida 5 fevral kuni o‘zining 40 yoshini qarshi olgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning haykali o‘rnatildi. Bu haqda “NY Post” xabar berdi.
“Time Square” maydonidagi 12 futlik bronza haykal yashil, qizil va olting ranglarda bo‘yalgan. Haykalni yaratishda Ronalduning gol nishonlash uslubidan ilhomlanilgan.
“Krishtianu Ronaldu shunchaki futbolchi emas, u bu asarni yaratishda meni ilhomlantirgan qat’iyat, mukammallik va global birlik ramzidir”, deydi haykaltarosh.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsumda “Al-Nasr” safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klubi bilan shartnomasi keyingi yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq, Krishtianu Ronaldu o‘zini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini aytgandi. Uning faoliyatidagi gollari soni 923 taga yetdi.
Ronaldu faoliyatining asosiy qismini 2009-yildan 2018-yilgacha "Real"da o'tkazgan. Jamoa bilan birgalikda u ikki marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi, ikki marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, to'rt marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. U “Sporting”, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” klublarida ham o‘ynagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20619 | Инструменты