Huawei 1
O‘zbekistonda aholi tomonidan uy-joylarni ta’mirlash ishlari 8,4 % ga o‘sgan

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaliklari tomonidan uy-joylarni ta’mirlash bo‘yicha 9,8 trln so‘mlik ishlar bajarilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan 8,4 % ga oshgan.

Bu ko‘rsatkichning barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 4,2 % ni tashkil etdi.

Avvalroq, “Shaffof qurilish” axborot tizimi doirasida uy-joylar qurilishi bo'yicha elektron platforma yaratilib, 2025-yil 1-iyuldan to'liq ishga tushirilishi haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan qurilish tashkilotlariga “yashil” uy-joy standartlari talablari asosida ko'p kvartirali uy-joylarni qurish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan bir foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20618 | Инструменты