Huawei 1
APL grandi Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovga Angliyaning “Arsenal” jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Londonliklar “Lans”ning 20 yoshli himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ingliz klubi murabbiyi Mikel Arteta Liga 1 futbolchilariga doimo jiddiy e’tibor qaratgan. Bu safar Abduqodir “Arsenal” nigohida.

Husanov SciSports talqiniga ko‘ra, joriy mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi markaziy himoyachisi sifatida baholangan. 

Hozirda futbolchining taxminiy transfer bahosi 9,2 million yevro. Uning “Lans” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar mo‘ljallangan.

“Lans” himoyachisi tezligi va sovuqqonligi bo'yicha Villiam Salibaga taqqoslanmoqda.

Abduqodir Husanov joriy mavsum Liga 1 da 8 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты