Huawei 1
“Ayntraxt” bosh murabbiyi: “Biz “Real”dan qo'rqmaymiz. Uyga kubok bilan qaytmoqchimiz”

Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” klubi bosh murabbiyi Oliver Glasner “Real Madrid” bilan kechadigan Yevropa Superkubogi oldidan oʻz fikrlarini bildirdi.

“Oʻzimizga ishonch, himoyada zich, katta ishtiyoq va istak bilan oʻynashni istaymiz. Ishonchim komilki, “Real” uchun muammo yarata olamiz. Frankfurtga kubok bilan qaytmoqchimiz. 

Benzema ajoyib fazilatlarga ega, bu unga natijani hal qilish imkonini beradi. U jarima maydonchasida yaxshi harakat qiladi. Lekin muhimi — Vinisius, Valverde, Rodrigo kabi boshqa oʻyinchilar unga pas bera olmasligiga erishish. Zich oʻynashimiz kerak, shunda ular imkon qadar kamroq joyga ega boʻladi. Ulardan qoʻrqmaymiz. Yevropa Ligasida koʻrsatganimizdek, har doim imkoniyat bor. Bu yerda boʻlish — ushbu musobaqada gʻalaba qozonish uchun mukofot. Chempionlar Ligasi gʻolibiga qarshi bahsda yuqori saviyani bilasiz. Nima qila olishimizni bilamiz. Oldinda bizni ajoyib o'yin kutib turibdi”, — deydi Glasner.

Ma'lumot uchun, bellashuv bugun, 10-avgust kuni boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71716 | Инструменты