“Barselona” nihoyat Breytueytga xaridor topdi. U faoliyatini La Liganing boshqa klubida davom ettiradi
Ispaniyaning “Barselona” klubi yozgi transferlar oynasi yakuniga qadar daniyalik hujumchi Martin Breytueyt bilan xayrlashmoqchi. Bosh murabbiy Xavining yangi mavsum uchun rejalaridan o'rin olmagan Daniya terma jamoasi a'zosi faoliyatini La Liganing boshqa klubi safida davom ettirishga yaqin.
“Mundo Deportivo” nashrining xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi bilan “Malyorka” jamoasi shartnoma imzolashga tayyor. Qolgani futbolchining o'z xohishlariga bog'liq.
Ma'lumot uchun, Breytueyt 2020-yilning fevral oyida “Barselona”ga oʻtgan edi. U “koʻk-anorranglilar” safida 57 ta oʻyinda maydonga tushib, 10 gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Tomonlar oʻrtasidagi kelishuv 2024-yilgacha moʻljallangan.
Avvalroq, “Barselona” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang “Chelsi”ga o'tish bo'yicha kelishuvga erishgani to'g'risida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80212 | Инструменты