Huawei 1
"Barselona" sobiq yulduzlari va Markaziy Osiyo afsonalari o‘zaro maydonga tushadi

"Barselona" sobiq futbolchilaridan iborat tarkib 30-avgust kuni Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Mamlakat poytaxti Bishkekda "Barsa" afsonalari va Markaziy Osiyo afsonalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu o‘yinga "Barselona" sobiq yulduzlari Ronaldino, Rivaldo, Karles Puyol, Xavyer Saviola, Ronald De Bur, Juliano Beletti, Franchesko Koku ishtirok etishi kutilmoqda.

Markaziy Osiyo afsonalari safida o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov, tojik futboli afsonasi Muhsin Muhammadiyev, qozog‘istonlik Samat Smakov, turkmanistonlik Amandurdi Annadurdiyev singari sobiq futbolchilar bilan birga yaponiyalik Hidetoshi Nakata, rossiyalik Andrey Kanchelskis kabi sobiq yulduzlar to‘p surishi kutilmoqda.

Uchrashuvni o‘zbekistonlik sobiq hakam Ravshan Ermatov va uning jahon chempionatlaridagi yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorov boshqarib boradi.

Ma’lumot uchun, uchrashuv 30-avgust kuni Bishkekdagi markaziy stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62709 | Инструменты