Huawei 1
Poytaxtdagi “Xonobodtepa” yodgorligiga kanalizatsiya o‘tkazilishi oqibatida 31,5 mlrd so‘mlik zarar yetdi

Poytaxtdagi VI–XV asrlarga oid “Xonobodtepa” arxeologiya yodgorligi hududi orqali 257 metr uzunlikdagi kanalizatsiya quvurlari o‘tkazilgan. Buning natijasida unga zarar yetkazilgan. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi

Qayd etilishicha, buning natijasida ixtisoslashgan korxona tomonidan ushbu yodgorlikning 961 m³ qismiga 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, aynan ushbu korxona tomonidan yodgorlikning qo‘shimcha 160 m³ ekskavator yordamida qazilib, 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Agentlik va prokuratura organlari bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Ma'lumot o'rnida, bu kabi jinoiy harakatlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Surxondaryoda 4 ta arxeologiya yodgorligiga 7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72202 | Инструменты