“Barselona” yillar davomida hakamlar qo‘mitasiga jami qancha miqdorda pul berib kelgani ma’lum bo‘ldi

Ispaniyaning “Barselona” klubi 2001-yildan buyon Ispaniya hakamlari qoʻmitasi vitse-prezidentiga pul oʻtkazib kelayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Avvalgi xabarlarda klub 2016-2018-yildan buyon Ispania hakamlar qo‘mitasi vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyraga 1,4 mln yevro oʻtkazib bergani borasida maʼlumotlar berilgandi.

Keyinchalik “Barselona” 2003-yildan buyon Neyreyraga 4,7 mln yevro oʻtkazib kelganligi maʼlum qilindi. Undan tashqari, Neyreyra har bir oʻyin oldidan “Barselona”ga hakamlarning maʼlumotlari, hisobotlarini taqdim qilib borgan. “El Mundo” nashrining yozishicha, Neyreyra 2001-yildan buyon “Barselona”dan umumiy miqdorda 6 659 488 yevro qabul qilib olgan.

“Barselona”da Joan Gaspar prezident boʻlib turganida 2001-02-yilgi mavsumda 135 288 yevro, 2002-03-yilgi mavsumda 139 535 yevro qabul qilgan. Joan Laporta prezident boʻlganidan keyin esa Negreyra koʻproq pul ishlab olishni boshlagan. Laportadagi dastlabki mavsumda 2003-04-yilgi mavsumda 145 758 yevro, 2009-10-yilgi mavsumda esa 573 398 yevro. Shuningdek, Jozep Bartomeu summani sezilarli darajada oshirgan — 2 yilga 1,6 mln yevro.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30707 | Инструменты